O‘zbekistonda “investitsiya vizasi” joriy etiladi

© IBCMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan maxsus “investitsiya vizasi” joriy etiladi, deb keltirilgan Shavkat Mirziyoyevning O‘zA portalida e’lon qilingan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida.

Investitsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga kim va qancha investitsiya kiritadi

Davlat dasturidan ma’lum bo‘ladiki, 2019-yil 1-martdan boshlab:

- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;

- O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;

- O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Toshkentda 2019-yilda 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0