Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklarga 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini va’da qildi

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami
Yarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi 2019-yilda 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 63 mingtaga ko‘pdir

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Mehnat va bandlik vazirligi 2019-yilda 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda, dedi Xalqaro Press Klubning "O‘zbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli yechimlar" mavzusidagi sessiyasi davomida Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Timur Maxmudov.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gendirektorom MOT Gayem Rayderom - Sputnik O‘zbekiston
XMT rahbari: O‘zbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan. 

Mehnat vazirligi axborotiga muvofiq, O‘zbekistonda ishsizsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 9,3%ni tashkil qiladi.

"Ayollar kesimida oladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 13%ni tashkil qiladi, ya’ni o‘rta hisobda haqiqiy ishsiz ayollarsoni 1 million atrofida. Lekin bandligi ta’minlangan, mavsumiy ishlarda ishlayotgan ayollarimiz ham doimiy ishlarga o‘tish, rasmiy sektorda faoliyat yuritish istagini bildiralar. Ularni ham hisoblasak ishsiz, ishga muhtoj ayollar soni 2-2,5 millionga yetadi", - dedi Maxmudov.

Shu o‘rinda, Maxmudov Mehnat vazirligi 2019-yilda 413 mingta doimiy ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

"Bundan kamida 50%i, ya’ni 200 mingdan ortig‘i ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 13 ming nafar og‘ir turmush sharoitidagi ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha ham qator ishlarni amalga oshiramiz. Ularning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirdik, va bu ayollarni ishga joylashtirish bo‘yicha manbalarni aniqlab oldik", - deya izoh berdi mehnat vazirligi vakili. 

Vazirlik rejasiga muvofiq, 2019-yilda 220 ming ayol vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etiladi. Moliya vazirligi tomonidan shu maqsadda 400 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0