TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Kuni kecha Instagram ijtimoy tarmog‘ida 10yearchallenge yangi chellenj ommalasha boshladi. Uning shartlariga ko‘ra foydalanuvchilar o‘zlarining o‘n yil ilgari suratga tushirilgan rasmlarini ko‘rsatishlari lozim.
O‘ziga xos fleshmobda ko‘plab yulduzlar ishtirok etishdi. Shu bois Sputnik O‘zbekiston mashhurlar 2009-yilda qanday ko‘rinishda bo‘lishganlarini yodga olishga qaror qildi.
Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev 2009-yilda O‘zbekiston bosh vaziri edi. Bugungi kunga kelib Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2009-yilda Rossiya Hukumatining raisi lavozimida ishlagan. Aynan shu yilda Vladimir Putin “Time” jurnalining “Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi” ro‘yxatida 2 pog‘onani egallagan.
Jastin Biber
2009 yil Jastin Biber ismli oddiy bolaning Youtube videoxostingidagi videosini amerikalik produsserlardan biri ko‘rib qoladi. 2019-yilga kelib dunyoda Biberning sotilgan qo‘shiqlari soni 100 milliondan oshadi.
Emma Uotson
Emma Uotson barchaga “Harri Potter” filmidagi Hermiona qahramoni bilan mashhur. Emma Uotson 2009-yil Ginnesning rekordlari kitobiga eng ko‘p haq oluvchi aktrisa sifatida kiritilgan. Hozirga kunda u o‘zining HeForShe kampaniyasiga ega va jinslarning teng huquqligini targ‘ib qiladi.
Jeyden Smit
2009 yil Jeyden Smit “The Karate Kid” filmida bosh qahramon rolini ijro etadi. U Uill Smitning o‘g‘li. Ushbu filmda uning sherigi sifatida Jeki Chan suratga tushadi. Jeyden aktor, raqqos, rep ijrochisi sifatida mashhur. 2017-yil uning birinchi albomi omma e’tiboriga havola qilinadi.
Kendall Jenner
2009 yil Kendall modellik karyerasiga qadam qo‘yib bo‘lgandi. Hozirda Kendall mashhur supermodel. “Forbes” jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p haq oluvchi modeli hisoblanadi. 2017-yilda uning daromadi 22 million dollarni tashkil etgan.
Kayli Jenner
Kayli Jenner Kendallning singlisi. U ham 2009-yil modellik karyerasiga qadam qo‘ygandi. 2015-yil shaxsiy kosmetika kompaniyasini tashkil qiladi. 2018-yilda dunyoning eng yosh milliarder ayoli sifatida tan olingan. Hozirda u Instagram᾽ eng qimmat yulduzidir. Uning Instagram᾽dagi sahifasida birgina reklama postini joylashtirish uchun 1 million dollar haq to‘lash kerak bo‘ladi.