Yaponiyaga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz - Ektor Kuper

© O‘FAEktor Kuper
Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaga qarshi o‘yinda maksimal natija ko‘rsatishga harakat qilamiz, lekin ba’zi o‘yinchilarga dam berish niyatimiz ham bor, - dedi Kuper.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Ertaga Osiyo Kubogi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan O‘zbekiston Yaponiya o‘yini oldidan Ektor Kuper va Javohir Sidiqov ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.

Quyida ushbu matbuot anjumanidan ba’zi muhim lavhalarni keltiramiz: 

Ektor Kuper: ertaga faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Yaponiyaga qarshi o‘zimizni eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilmoqchimiz.

Javohir Sidiqov: Yaponiya Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rapmiz. To‘g‘ri, minimum vazifa bajarildi - pley-off yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Endi ertangi o‘yinda ham yaxshi harakat qilib, jamoamiz nimalarga qodir ekanini sinovdan o‘tkazib olmoqchimiz.

Sbornaya Yaponii po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning navbatdagi raqibi - Yaponiya termasi bilan tanishamiz

Ektor Kuper: Albatta, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo ba’zi futbolchilarga dam berish rejamiz ham bor. Chunki biz pley-off haqida ham o‘ylashimiz kerak. Misr terma jamoasini boshqarganimda, Afrika Kubogida jamoa yaxshi o‘ynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin o‘sha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O‘sha tajribamdan kelib chiqib, ertaga tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qaysi futbolchilarga dam berish borasida bugungi mashg‘ulotdan keyin bir to‘xtamga kelamiz.

Ektor Kuper: Bir narsani tushunishingizni istardim. Pley-offda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Har qanday raqibga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lish kerak. Biz bosh sovrinni qo‘lga kiritish maqsadida ushbu turnirga kelganmiz. Shunday ekan, har qanday raqib bilan o‘ynashga tayyormiz.

Ektor Kuper: Yaponiyani nimani evaziga yutishimiz mumkin? Bu haqida o‘zim biladigan narsalarni hozirgi matbuot anjumanida aytib o‘tirmayman. Yaponiya kuchli jamoa. Ammo har qanday kuchli jamoani ham mag‘lubiyatga uchratish mumkin. Biz shunga harakat qilamiz.

Ektor Kuper: Ertangi o‘yinda muhimi g‘alaba qozonish. Pley-offni qaysi shaharda o‘tkazishning ahamiyati yo‘q. Bu ikkinchi darajali masala. BAAning barcha shaharlari chiroyli, barcha mehmonxonalarda sharoit a’lo darajda. Shu sababli bu muhim emas. Muhimi g‘alaba qozonish.

Yangiliklar lentasi
0