Tojikiston ulamolari erkaklarga potensiyani oshiruvchi dorilardan foydalanishga ruxsat berdi

© pixabayTabletki na ladoni
Tabletki na ladoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Islom markazining mutaxassisi Abdulvohid Homidov erkaklar jinsiy quvvatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalaridan foydalanish shariat qonunlariga to‘g‘ri kelish kelmasligi haqida so‘z yuritdi.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Tojikistonda erkaklar jinsiy quvvatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalaridan foydalanishga ruxsat berildi.

Letniy otdix v Sochi. - Sputnik O‘zbekiston
Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi - olimlar

Mazkur fatvo chorshanba kuni Tojikiston Islom markazi saytida e’lon qilingan.

“Bizga quyidagi savollar kelib tushardi: jinsiy quvvatni oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan foydalanish shariat qonunlariga to‘g‘ri keladimi? Markaz mutaxassislari diniy adabiyotni o‘rganib chiqib, dori vositalaridan foydalanish faqat zarur bo‘lgan holatda ruxsat etiladi, degan xulosaga kelishdi”, - deb ma’lum qildi RIA Novosti jurnalistlariga Tojikiston Islom markazining fatvolar boshqarmasi mutaxassisi Abdulvohid Homidov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak o‘z ayolining ehtiyojini qondirolmasa, o‘shandagina jinsiy quvvatni oshiruvchi dori vositalaridan foydalanishiga ruxsat etiladi.

U shunga o‘xshash dori vositalarini qiziqish yoki ishtiyoq maqsadlarida foydalanishga ruxsat etilmasligini qayd qilib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0