Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

Obuna bo‘lish
D.Rahimov bundan avval Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 15-yanvardagi farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlik va davlat nazorati: Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini tayyorladi

D.Rahimov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0