O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchilar mashg‘ulot o‘tkazayotgan kadrlar tasvirlangan video bilan o‘rtoqlashdi.
Kadrda o‘zbek bokschilari gupillab yog‘ayotgan qorli ob-havoda murabbiy To‘lqin Qilichev nazorati ostida umumiy jismoniy mashqlarini bajarishmoqda. Havoning sovuqligiga qaramay, barcha bokschilar ishtiyoq va tirishqoqlik bilan murabbiy ko‘rsatmalarini bajarishadi.