Moldovalik sportchi -60 daraja sovuqda 50km masofani yugurib o‘tdi

Sportsmen iz Moldovi
Sportsmen iz Moldovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moldovalik sportchi  Rossiyaning eng sovuq aholi punkti Oymakonda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.  U -60 daraja sovuqda 50 km masofani yugurib o‘tdi.

TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Molodvalik ekstremal sportchi Dmitriy Voloshin Yakutiyaning Oymakon eng sovuq joyida 50 km masofani yugurib o‘tdi, deb xabar qilmoqda o‘lka ma’muriyati.

Sportchi -60 daraja sovuqda 50 kilometr masofani qutqaruvchilar va vrachlar yordamisiz, mustaqil bosib o‘tdi. Marafon davomida – 67 daraja sovuq havo harorati qayd etildi.

“Bu men uchun eng og‘ir sinov bo‘ldi. Bu ochiq koinotga chiqishga teng. Hech qanday kiyim sizni sovuqdan saqlay olmaydi. Yugurish vaqtimda yuzimni muzlatib olmaslikka harakat qildim. Nafas olish juda qiyin bo‘ldi. Havoda kislorod miqdori juda kam, mask esa muz bilan to‘lgan edi”, - dedi sportchi yugurishdan keyin.

Tadbir tashkilotchilari aytishiga qaraganda, ushbu marafon “Unfrozen” xayriya aksiyasi doirasida o‘tkazilgan. Sportchi ushbu ishni - bolalar serebral paralichi muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish, hamda 4 yoshli qizalok Yeva Pismenyukni davolash uchun mablag‘ jamlash maqsadida amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakutiya o‘lkasining Oymakon qishlog‘i Yer sharida aholi yashaydigan eng sovuq joy hisoblanadi. 80-yil oldin u yerda  -71,2 daraja sovuq qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0