TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Islom Karimovning mustaqilliklikning ilk kunlaridagi qat’iy sa’y-harakatlari mamlakatni ocharchilikdan saqlab qolishga imkon berdi.
Fondning Facebook sahifasida e’lon qilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, sobiq SSSR respublikalari orasida o‘n yillar davomida shakllangan xo‘jalik aloqalari uzilishi oqibatida istiqlol tongida O‘zbekistonda juda murakkab iqtisodiy holat vujudga kelgan edi. Respublikaning geografik joylashuvi esa vaziyatni yanada mushkullashtirgan edi. Chunki na taraqqiy etgan mamlakatlarga, na dengiz portlariga erkin chiqish yo‘li mavjud edi.
Mustaqillik e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay prezident Karimovga mamlakatda atigi 7-10 kunga yetadigan don-dun qolgani va ocharchilik xavfi kelib chiqishi mumkinligi borasida ma’lum qilinadi. Islom Karimov donni shoshilinch ravishda boshqa mamlakatlardan keltirish borasida buyruk beradi.
Masala dolzarb ekani va uni juda tez muddatda hal etish lozim bo‘lgani sabab, birinchi bosqichda bu vazifa Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari tufayli saqlab qolingan harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari tomonidan muvaffaqiyatli bajariladi. Keyinroq esa mamlakatga temiryo‘l transporti orqali barqaror tarzda oziq-ovqat keltirish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni o‘zining qurolli kuchlarining tashkil topishi razmi sifatida nishonlanadi. Oliy Kengashning 1993-yil 29-dekabrdagi qonuni bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilanib, umumxalq bayramlari qatorida yuqori saviyada nishonlab kelinadi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni vafot etdi. U Samarqand shahrida dafn etilgan.