Tramp Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anqara Suriyadagi qurdlarga hujum qilgan taqdirda AQSh Turkiyaning iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp, Anqara Suriya qurdlariga zarba bersa - Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi. Bu haqida AQSh prezidenti o‘z Twitterida yozgan.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya yo Rossiyani yo G‘arbni tanlashi kerak – AQSh senati Turkiyaga ultimatum qo‘ydi

AQSh prezidenti fikriga ko‘ra, Ular qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqqanidan so‘ng Suriyada Turkiya va Qurdlar qo‘shinlari orasida 20 kilometrli xavfsizlik chizig‘i tashkil qilish kerak. Tramp, shuningdek, qurdlarni ham ogohlantirdi – ular ham Turkiyani provokatsiya qilmasliklari kerak.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma shtatlari 2018-yil oxirida AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyada “Islomiy davlat” ustidan g‘alaba qozonganini va endi mamlakatni tark etishini e’lon qilgan edi.

Suriya shimolini nazorat qilayotgan va AQShdan katta yordam olayotgan Qurdlar o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG) AQSh ketganidan keyin murakkab ahvolga tushib qolishi aniq. Chunki Turkiya ularni faqatgina “terrorchi” sifatida ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0