Vatan himoyachilari orden va medallar bilan taqdirlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMeropriyatiya v chest Dnya zashitnikov Rodini
Meropriyatiya v chest Dnya  zashitnikov Rodini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 80 ga yaqin askar va zobitlarni orden va medallar bilan taqdirlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Vatan himoyachilari kuni arafasida bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh askar va zobitlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“Xizmat burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin”, - deyilgan prezident farmoni matnida.

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan:

Goporov  Mirabbos Turg‘unaliyevich   
Dusimbetov  Axmadjon Baxtiyarovich               
Yaqubov Jur’at Amangeldiyevich           

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Arakelyan Armen Aramovich   
Tan Aleksandr Vacheslavovich
Shuvalov Vacheslav Stanislavovich                     

”Mardlik” ordeni bilan:

Igamberdiyev Farrux Rixsibayevich
Matmuratov Sardor Bagandikovich
Murodov Toshpo‘lot Shomurodovich
Turdiyev Luqmonjon Qodiraliyevich
Xasanov Ijod Utkurovich         

Shuningdek, “Jasorat” medali bilan - 25 nafar, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan – 23 nafar hamda “Shuhrat” medali bilan – 20 nafar harbiy xizmatchilar mukofotlandi.

Prezident farmonining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0