Vadim Abramov “Bunyodkor”ga bosh murabbiy etib tayinlandi

© fcneftchi.uzVadim Abramov
Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bunyodkor" murabbiylar shtabining to‘liq tarkibi dushanba kuni e’lon qilinadi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh treneri etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.

“Klub bosh direktori U.Mirzayev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turganligi uchun Shuhrat Maqsudovga minnatdorchilik bildirdi hamda klubning bosh murabbiyi etib  Vadim Karlenovich Abramov tayinlanganini ma’lum qildi”, - deyilgan rasmiy xabarda.  

Xabarda shuningdek, Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Marat Miftaxutdinov yordamlashishi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida “Bunyokdor” bosh direktori Mirjalol Qosimov “AGMK” klubiga o‘tgan edi. Ulug‘bek Mirzayev esa 8-yanvar kuni “Bunyodkor”ning bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0