Makarov o‘rniga Lebedev pistoleti keladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPL-14 (pistolet Lebedeva)
PL-14 (pistolet Lebedeva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq Ittifoq hududida 70-yil davomida huquqni saqlash organlarining eng ommaviy quroli bo‘lgan Makarov pistoleti "pensiyaga" chiqmoqda.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi 2019-yilda Makarov pistoleti o‘rniga yangi ommaviy pistolet ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

70 yil davomida sobiq Ittifoq va Rossiya qurolli kuchlari hamda huquqni saqlash organlarida eng ommaviy shaxsiy qurol bo‘lgan Makarov pistoleti ma’naviy jihatdan eskirgan va bugungi kun talablariga javob bermaydi.

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPistolet Makarova
Makarov o‘rniga Lebedev pistoleti keladi - Sputnik O‘zbekiston
Pistolet Makarova

Yangi pistoletning nomi PL-15, ya’ni “Pistolet Lebedeva 15” bo‘lib ayni damda u barcha kerakli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va ommaviy ishlab chiqarishga tayyor. Xususan, yangi pistolet 9x21 patroni bilan turli murakkab va iqlim sharoitlarida +50 va -70 darja havo harorati oralig‘ida ishonchili natijalar ko‘rsatgan.

© Vitaly V. KuzminPistolet PL-15 s glushitelem
Makarov o‘rniga Lebedev pistoleti keladi - Sputnik O‘zbekiston
Pistolet PL-15 s glushitelem

PL-15 ni ishlab chiqarish uchun uchta korxona “Vatskie polyani", "Kalashnikov" konserni hamda SNIItochmash zavodlari ko‘rib chiqilmoqda. 2019-yil oxiriga qadar PL-15 ushbu korxonalardan birida ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanadi.

Xo‘sh, PL-15 qanday yaratildi?

Pistolet konstruktori – Dmitriy Lebedev uzoq yillar davomida sport qurollari konstruktori  Yefim Xaydurov bilan hamkorlik qilgan va shu sababli inson biomexanikasini juda yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham yangi pistolet rukoyatkasi joylashish burchagi, ergonomikasi hamda tepkisining bosilish kuchlari juda mukammal hisobga olingan. Natijada PL-15 bugungi kunning eng qulay pistoletlaridan biri, desak xato bo‘lmaydi.

“Biz yangi pistolet yaratishda velosipedni qaytadan ixtiro qilmadik, aksincha bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi qurolni olib, uning kamchiliklarini bartaraf qilishga harakat qildik”, - degan edi pistolet yaratuvchilari.

Pistolet tuzilishidan ma’lumki, konstruktorlar namuna sifatida avstriyada ishlab chiqarilgan Glok (Glock) nomli pistoletdan foydalanishgan. Glok - dunyoning ko‘plab mutaxassislari tomonidan tan olingan eng yaxshi pistoletlardan biridir. Uning asosiy xususiyatlari - u juda yengil, chunki qisman o‘ta mustahkam plastikdan yasalgan. Ikkinchidan - pstolet ergonomikasi juda qulay. Uchinchidan - ekstremal vaziyatdan pistoletdan darhol o‘q uzishni boshlash mumkin (kurok torish va predoxraniteldan yechish kerak talab qilinmaydi).

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishPistolet «Glock» s ustroystvom dlya besshumnoy strelbi
Makarov o‘rniga Lebedev pistoleti keladi - Sputnik O‘zbekiston
Pistolet «Glock» s ustroystvom dlya besshumnoy strelbi

Rossiyaning yangi pistoleti konstruktorlari PL-15 bir talay jihatlari bilan Glokdan ham zur deb da’vo qilishmoqda. Xususan, ergonomikasi, ishonchliligi va mustahkamligi.

Masalan PL-15 stvoli 10 mintga bronya teshuvchi kuchli patronga ham dosh berishi mumkin deyilmoqda. Shuningdek yangi ommaviy pistoletga turli zamonaviy ovoz pasaytiruvchi, lazerli va optik nishonga oluvchi maslamalar hamda fonarik o‘rnatish mumkinligi xabar qilingan.

PL-15ning asosiy texnik xarakteristikalari: 

Uzunligi: 180 mm
Balandligi: 130 mm
Kalibr: 9x19 mm (parabellum)
Magazin hajmi: 14 ta patron
Og‘irligi: 720 gramm (o‘qlanmagan holda)

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyoga eng keng tarqalgan ommaviy pistoletlar bu – AQShning Kolt pistoleti – 1911-yildan beri ishlab chiqariladi. Glok esa 1982-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0