TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Parij markaziy ko‘chasida novvoyxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Portlash bugun mahalliy vaqt soat 9-00 da Parijning Treviz ko‘chasida sodir bo‘ldi. Portlashdan so‘ng binoga yong‘in tushdi. Qo‘shni uylarda oynalar sinib ketdi.
Ispaniya TIV ma’lumotiga ko‘ra, bir nafar ispaniyalik ayol halok bo‘ldi.
“Afsuski, jabrlangan Ispaniya fuqarosi halok bo‘ldi”, - deb tasdiqladi Ispaniya TIVdagi manbaa. Bundan avval, bu ayol og‘ir jarohat olganligi haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, yana bir ispaniyalik jabrlangan, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Fransiya Ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning ma’lumotlariga asoslangan holda BFMTV kanali xabar qilishicha, halok bo‘lganlar ichida ikki nafar yong‘in o‘chirish xodimlari bor.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash maishiy gaz sizib chiqishi sababli bo‘lishi mumkin.