Ekspertning fikriga ko‘ra, ajrashishlarning sabablari juda ko‘p. Asosiysi – mamlakatda oila instituti yo‘qligidir.
“Ko‘p yoshlar oilaviy hayotga tayyor emas. Ular o‘zlari to‘liq bo‘lmagan oilada katta bo‘lganligi sababli ularning 90 foizi oilaviy hayot haqida tushunchaga ega emas. Otasini ko‘rmagan, qanday munosabat qilish kerakligini bilmaydi, bu otasiz o‘sgan qizlarga ham taalluqli”, - deydi psixolog Sputnik Qozog‘istonga.
Qozog‘istonliklarning asosiy qismi - bir yildan ikki yilgacha birga yashaganlar ajrashishga qaror qilishmoqda. Shuningdek, o‘n yillab yashagan odamlar ham ajrashishmoqda.