O‘zbek-tojik chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi

© © Sputnik / Amir IsayevJiteli Uzbekistana peresekayut granitsu s Tadjikistanom na KPP Patar, arxivnoe foto
Jiteli Uzbekistana peresekayut granitsu s Tadjikistanom na KPP Patar, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bobotog‘” punkti Tojikistonning Hisor va O‘zbekistonning Sariosiyo tumanini bog‘lashi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbek-tojik chegarasida yangi “Bobotog‘” nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi, deb xabar qilmoqda Tojik telegraf agentligi.

Davlatlar o‘rtasidagi chegarada yangi NO‘Plar (nazorat-o‘tkazish punkti) ochish to‘g‘risida Tojikiston rahbari Emomali Rahmonning 2018-yil avgust oyida Toshkentga tashrifi doirasida kelishib olingan edi.

Prodaja fruktov na rinke v Agadire. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bilan chegara ochilgach Tojikistonda narxlar tushib ketdi

“Bobotog‘” punkti Tojikistondagi Hisor va O‘zbekistondagi Sariosiyo tumanini bog‘lashi ko‘zda tutilgan. Lekin NO‘P xalqaro statusga ega bo‘lmaydi. Mazkur punkt orqali ikki davlat fuqarolari va ularning transport vositalari o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq 2018-yil yanvar oyidan sentabr oyiga qadar har ikki davlatning bir  milliondan ziyod fuqarosi chegarani kesib o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0