Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi oldidan o‘zbek-nemis biznes forumi o‘tkaziladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani. Germaniya. Berlin
Zarubejnie strani. Germaniya. Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Germaniya elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, logistika, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilinadi.

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida Berlinda o‘zbek-nemis biznes forumi o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizani bekor qildi

14 yanvar kuni o‘tkaziladigan tadbirda nemis kompaniyalari va GFR bank-moliya institutlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. Forum O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ishbilarmonlar tadbirida Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmurodov ishtirok etadi.

Germaniyaning 250ga yaqin yetakchi kompaniyalari, xususan, «ThyssenKrupp», «MAN», «Knauf», «Linde», «Takraf», «Deutsche Bahn», «Siemens», «CLAAS», «Deutsche Lufthansa» va xalqaro moliya institutlari ushbu biznes forumda ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Forum doirasida davlatlar o‘rtasidagi ikkiyoqlama hamkorlik, O‘zbekiston investitsiya bozori rivoji va istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Tadbirning alohida sessiyasi sanoat sektorini rivojlantirish va o‘zaro savdoni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston tomonidan 30 nafar ishbilarmonlar ishtiroki rejalashtirilgan. Tadbir yakunida "G2B" va "B2B" formatida uchrashuvlar o‘tkaziladi va bunda tog‘ sanoati va sanoat uskunalari, tibbiyot, elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, logistika, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Yangiliklar lentasi
0