Qirg‘iziston TIV O‘zbekiston tonirovka qilingan avtomobillar uchun qancha boj olishini aytdi

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday qaror qo‘shni davlat hukumati tomonidan qabul qilingan, deya tushuntiradi Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolariga

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik kirgan xorij avtomobillari uchun to‘lov o‘rnatilgan, shu jumladan tonirovka qilingan yengil avtomashinalar tranziti uchun ham, deb xabar bergan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"Ushbu to‘lov O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan o‘tgan yilning 18-iyulida tasdiqlangan", - deya izoh beriladi xabarda.

Oynalari tonirovka qilingan (qoraytirilgan) bitta avtomobil tranziti uchun to‘lov summasi 15 dollarni tashkil qiladi. To‘lov O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Yangiliklar lentasi
0