TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev mazkur ichki ishlar bo‘limidagi pasport xizmati xonasida bo‘lib, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini kuzatdi.
Jahon standartlari asosida tashkil etilgan tergov xonasini ko‘zdan kechirdi.
Prezident jamoat xavfsizligini ta’minlashning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana