Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega

© Sputnik / Aleksey Drujinin Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe
 Zasedanie Soveta glav gosudarstv SNG v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq sovet ittifoqi davlatlari prezidentlarining farzandlari biznesda katta muvaffaqqiyatlarga erishmoqda.

Sputnik Qirg‘iziston prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shug‘ullanishini o‘rganib chiqdi. Aytishlariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi juda boy.

Ozarbayjon

Ozarbayjon yetakchisi Ilxom Aliyevning oilasida uch nafar farzand bor: prezidentning yolg‘iz o‘g‘li Geydar o‘tgan yil kuzida harbiy xizmatga ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentning qizlari Leyla va Orzu ijtimoiy faoliyati bilan shug‘ullanadi. Xususan, Leyla Geydar Aliyevning jamg‘armasining rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Biroq, ayrim OAVlariga ko‘ra, ularda Ozarbayjon turli korxonalarida million dollarlik ulushi bor.

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (vtoroy sprava) s suprugoy Mexriban (tretya sprava), sinom Geydarom (perviy sprava) i dochermi Arzu i Leyloy
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (vtoroy sprava) s suprugoy Mexriban (tretya sprava), sinom Geydarom (perviy sprava) i dochermi Arzu i Leyloy

Armeniya — o‘g‘il otasining ishini davom ettirmoqda

Prezident Armen Sarkisanda ikki nafar o‘g‘li bor: Ayk va Vartan. Ular haqida ma’lumot juda kam. OAVlar yozishicha, Vartan - IT-ishbilarmon va axborot texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis. U Knightsbridge Group xoldingga rahbarlik qiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi – axborot xavfsizligini ta’minlash. Armeniya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident vakolatlari ko‘p emas, asosiy hokimiyat vakolatlari hukumat va parlament o‘rtasida taqsimlangan.

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrezident Armenii Armen Sarkisan vo vremya intervyu.
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Armenii Armen Sarkisan vo vremya intervyu.

Qozog‘iston: Nazarboyevning qizi – milliarder

Qozog‘iston prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor.

© AP Photo/Sergei GritsDoch prezidenta Kazaxstana Dariga Nazarbayeva
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Doch prezidenta Kazaxstana Dariga Nazarbayeva

To‘ng‘ich qiz – Dariga Nazarboyeva. Uning yoshi 55 da, u biznesmen, siyosatchi va diplomat Raxat Aliyevga turmushga chiqqan. Aliyev 2015-yilda vafot etgan. Oilada uch nafar farzand bor. Dariga Nazarboyeva OAVlarga rahbarlik qilgan, ishbilarmonlik bilan shug‘ullangan, Nurbank aksioneri ham bo‘lgan. Shuningdek,  “Asar” partiyasiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi deputati, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda parlamentning yuqori palatasida deputat bo‘lib ishlamoqda.

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDoch prezidenta Kazaxstana Dinara Kulibayeva s mujem i sinom
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Doch prezidenta Kazaxstana Dinara Kulibayeva s mujem i sinom

Ikkinchi qizi – 51 yoshli Dinara Kulibayeva. U qozog‘istonlik ishbilarmon va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Ular oilasida bir nafar o‘g‘il, ikki nafar qiz bor. 

Forbes jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 3,2 milliard dollar, shuncha mablag‘ uning turmush o‘rtog‘ida ham baholanmoqda.

Kulibayeva bank va moliya faoliyatidagi ishbilarmonlikdan tashqari hayriya ishlari, ta’lim loyihalari bilan shug‘ullanadi. U Qozog‘istonning fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

© AFP 2023 / JAVIER SORIANOPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s docheryu Aliyey
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s docheryu Aliyey

Uchinchi qizi – 38 yoshli Aliya uch marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li – Aydar. Aliya ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Doniyor Xasenovga turmushga chiqadi, ularning oilasida ikki nafar qiz tug‘iladi. Uchinchi marta biznesmen va siyosatchi Dimash Dosanovga turmushga chiqadi. Oilada o‘g‘il va qiz paydo bo‘ladi.

Aliya biznes va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi. Unda qurilish, suv va telekommunikatsiya sohasida biznesi bor.

Ukraina: o‘g‘il – sobiq biznesmen

© Sputnik / Aleksandr Maksimenko / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko s semyey vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Kiyeve. Sleva - doch Yevgeniya. Sprava nalevo - doch Aleksandra, sin Mixail i supruga Marina.
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Ukraini Petr Poroshenko s semyey vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Kiyeve. Sleva - doch Yevgeniya. Sprava nalevo - doch Aleksandra, sin Mixail i supruga Marina.

Petr Poroshenko oilasida 4 nafar farzand bor. Ulardan 3 nafar farzand 2000-yillarda tug‘ilgan. Poroshenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li – 33 yoshli Aleksey, 2009-yilda otasining “Roshen” kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik davlat xizmatiga o‘tadi. Oxirgi bir necha yil davomida Ukraina parlamenti deputati lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Estoniya

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishPrezident Estonskoy Respubliki Kersti Kalyulayd
Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Estonskoy Respubliki Kersti Kalyulayd

Kersti Kalyulayd ikki marta tushmushga chiqqan, uning to‘rt nafar farzandi bor. Ikki nafar bolalarining yoshi juda kichik, katta farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz. Bir necha yil avval to‘ng‘ich qizi Silya Mardlya (Talvik) o‘qituvchi bo‘lib ishlashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Prezident o‘g‘li Siym Talvik Sorry As A Service startap rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Moldova, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlarining farzandlari biznes bilan shug‘ullanishmaydi yoki ular haqida ochiq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim rahbarlarning farzandlari juda kichkina. Litva prezidentida esa umuman farzand yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0