Roskomnadzor Bi-bi-si materiallarida terrorchilar mafkurasi borligini aniqladi

CC0 / Pixabay / Mujchina rabotayet za kompyuterom
Mujchina rabotayet za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlik kiritilishicha, gap "terrorchi al-Bag‘dodiy gaplaridan iqtiboslar" haqida bormoqda.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Bi-bi-si internet resurslarida xalqaro terrorchilik uyushmalari g‘oyalarini translyatsiya qiluvchi materiallar mavjud, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Roskomnadzor matbuot-xizmatiga tayanib.

Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

Aniqlik kiritilishicha, gap "terrorchi al-Bag‘dodiy gaplaridan iqtiboslar" haqida bormoqda.

"Ushbu materiallar Rossiya antiekstremistik qonunchilik normalariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan Roskomnadzor vakili.

Ta’kidlanishicha, Rossiyadagi Bi-bi-si 16-yanvar sanasiga qadar OAV to‘g‘risidagi qonun talablariga to‘liq rioya etilayotgani haqida hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Telekanal tekshiruvi 14-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘tkaziladi.

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Roskomnadzor (Rossiya davlat nazorat qo‘mitasi) qarorini allaqachon "yetilgan qaror", deya baholadi.

Yangiliklar lentasi
0