Bugundan boshlab ishga qabul qilishda propiska talab qilinmaydi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka o‘tishOformlenie vremennoy propiski
Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon bir viloyatda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaroni boshqa viloyatda rasman ishga qabul qilish mumkin bo‘ladi. 

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekiston hududida bugundan boshlab ishga qabul qilishda doimiy turar joyi ish beruvchi tashkilot joylashgan ma’muriy hududida bo‘lishi talab qilinmaydi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni imzolagan yangi qonunda aytib o‘tilgan.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Endi ishga qabul qilishda propiska talab qilinmaydi

Yangi qonunda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksidan ishga qabul qilishda propiska rejimini buzganlik uchun jazolashni nazarda tutuvchi moddalar chiqarib tashlandi yoki o‘zgartirish kiritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa qonuniy hujjatlarga ham kerakli o‘zgartirishlar kiritildi.

Demak, bundan buyon bir ma’muriy hududda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaroni boshqa hududda rasman ishga qabul qilish mumkin bo‘ladi. 

Shu bilan bir vaqtda, prezident qarorida ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilishda rad etish mumkinligi ham alohida aytib o‘tilgan.

Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0