O‘zbekistonliklar terma jamoaning Osiyo Kubogidagi imkoniyati haqida qanday fikrda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi Osiyo Kubogida Ummon jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshladi. “Oq bo‘rilar”ning turnirdagi imkoniyati haqida O‘zbekistonda qanday fikrda ekanliklariga Sputnik muxbiri oydinlik kiritdi.

So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoa o‘yinchilarining nafaqat turnirning pley-offga chiqishiga, balki eng kuchlilarning to‘rtligi uchun kurash olish borishga to‘laqonli imkoniyati borligiga ishonchlari komil.

Bundan tashqari, Sputnik savollariga javob bergan muxlislarning fikricha, guruhdan chiqishda o‘zbekistonliklarning asosiy raqibi yaponiyaliklar bo‘ladi. Ular Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatishgan edi.

Terma jamoa imkoniyatlari va muxlislarning istagi haqida fikrlarni Sputnik O‘zbekiston tayyorlagan videolavhada tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0