TOShKENT, 9 yanv—Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llarining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti 14,5 soatga kechikib keldi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz milliy aviakompaniya onlayn tablosiga asosan.
“O‘zbekiston Havo yo‘llarining Moskvadan Toshkentga 8-yanvar kuni soat 17:05 yetib kelishi kerak bo‘lgan samolyoti 9-yanvar kuni soat 7:40 da yetib keldi", - deyilgan xabarda.
Shunday qilib ushbu parvoz 14 soatdan ortiq kechikib keldi. Parvoz kechikishiga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy xabar berilmagan.
Shuni aytish joizki, 8-yanvar kuni Moskva aeroportlarida ob-havo sharoiti tufayli bir necha o‘nlab parvozlar kechiktirilgan edi.