TIV Shavkat Mirziyoyev topshirig‘ini to‘liq bajaradi - Ilhom Ne’matov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIlxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del
Ilxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati va katta yig‘ilishlarda O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari oldida turgan asosiy vazifa - xorijiy sarmoya va turistlarni jalb qilish ekanligi to‘g‘risida ko‘p takrorlaydi. TIV vakili 2019-yilda prezident topshirig‘i qanday bajarilishi to‘g‘risida gapirdi

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil boshida o‘tkazilgan ilk yig‘ilish joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

Shavkat Mirziyoyev poznakomilsya s rabotoy predpriyatiya  “Steel property construction” - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 2019-yilda 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan

Ushbu videoselektordan so‘ng Xalqaro Press Klubda "Investitsiya - iqtisodiyot drayveri, uning yuragi: islohotlar, muhim vazifalar va muammolar tahlili" mavzusida dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri  efirga uzatildi va unda  O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov vazirlik joriy yil prezident tomonidan qo‘yilgan topshiriqni qanday bajarishi to‘g‘risida so‘zladi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, tashqi ishlar vazirligi elchixonalar bilan birgalikda 2019-yilda aniq reja, ya’ni O‘zbekistonga sarmoya olib kirishga qaratilgan yo‘l xaritalarini ishlab chiqqan. Ushbu yo‘l xaritalarida asosiy e’tibor energetika, yengil sanoat, maishiy xizmat, ta’lim, maktabgacha ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalariga qaratilgan.

Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirligi hozirgi kunda "iqtisodiy diplomatiya"ni kuchaytirish bo‘yicha ham ish rejalar ustida ishlamoqda.

Prezidentdan master-klass: turistlarni qanday jalb qilish kerakligi borasida >>>

"O‘zbekistonga o‘tgan yil 2 mlrd 700 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya olib kirgan bo‘lsak, bu yil bizning oldimizga 4 mlrd 200 million dollarlik investitsiya olib kirish vazifasi turibdi. Davlat investitsiya qo‘mitasi, tashqi savdo vazirligi va O‘zbekistonning boshqa iqtisodiy tuzilmalari bilan ishlab chiqqan yo‘l xaritasiga ko‘ra mana shu 4 milliarddan ziyod investitsiyalarni olib kelishga harakat qilamiz. Albatta, juda katta, lekin egallasa bo‘ladigan marra", - deb va’da berdi Ne’matov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatida 2019-yilni "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e’lon qilar ekan, "hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yo‘l - bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga yetkazish bo‘yicha katta ishlarni qilishimiz kerak. Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisholmaymiz", degan edi.

Yangiliklar lentasi
0