TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 8-yanvardan kuchga kiradigan xorijiy valyutalar yangi kurslarini belgiladi.
- Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi biroz oshib (+0.82) - 8337.07 so‘mni tashkil qilgan.
- Yevro esa biroz kamayib (-34.92) - 9498.42 so‘mni tashkil etdi.
- Rossiya rubli ham biroz oshib (+3.51) - 123.36 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki talab va taklif hamda davlat moliyaviy siyosatidan kelib chiqqan holda, har hafta boshida horijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilaydi.