TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Stokgolmda dushanba kuni olti nafar terrorchilikda gumon qilinayotgan kishilar ustidan sud boshlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Shvetsiya prokuraturasiga asosan.
Prokuratura xabarida aytilishiga ko‘ra, gumon qilinayotgan shaxslarning uch nafari terrorchilik jinoyatini tayyorlashda ayblanmoqda. Ular, xususan, ko‘pchilikni qurbon qilish va zarar yetkazish maqsadida katta miqdorda kimoviy moddalar sotib olishda ayblanmoqda.
Undan tashqari, ularning barchasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni moliyalashtirishda, xususan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan “Islomiy davlat” terrchilik tashkilotiga moliyaviy yordam ko‘rsatishda ayblanmoqda.
Sud materiallarida aytilishiga ko‘ra, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslar Stokgolmda va uning yaqinida bo‘lgan Stromsund shahrida 2018-yilning aprel – oktabr oylarida hibsga olingan. Ulardan besh nafari O‘zbekiston va bir nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir. Hibsga olingan shaxslarning eng kattasi 1972-yilda, eng kichigi 1994-yilda tug‘ilgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ulardan biri 2017-yilda Stokgolmda terrorchilik uyushtirgan Raxmat Akilov bilan aloqada bo‘lgan.
Ayni damda ularning barchasi jinoyatda aybdorliklarini inkor qilmoqda. Sud 2019-yilning 11-fevralida yakuniga yetishi rejalashtirilgan.