TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Toshkent shahar Sergeli tumanida qarindoshining uyidan chiqqan 15 yoshli Nodira Yashatulayeva Yangiyo‘l tumanida topilgan, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, qiz Yangiyo‘lga tanishlarining yoniga borganini aytgan. Ayni vaqtda bu ma’lumot tekshirilmoqda.
“Nodiraga zarar yetmagan, salomatligi yaxshi, onasi uning yonida. Hozirda Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologlari Nodira bilan suhbatlashib, yaqinlarini ogohlantirmasdan uydan chiqib ketganligini sabablarini o‘rganishmoqda”, - deyilgan IIBB xabarida.