TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi 2018-yil 29-dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bunday nomdagi bank paydo bo‘lishi to‘g‘risida 2017-yilda xabarlar tarqalgandi. Bu aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamg‘arma banki bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.
“Bankning ustav kapitali 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, 100 foiz Toshkent shahar hokimligi tomonidan shakllantirilgan”, - deyilgan MB xabarida.