TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2019-yil 1-yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i joriy qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi xabar qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i kiritilmagan holda aniqlanadi", - deyilgan xabarda.
Shunday qilib, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i summasiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaydi.