Toshkentda bomba borligi ehtimoli bilan Chilonzor metrosi atrofi o‘rab olindi

© AP Photo / Anvar IlyasovMilitsiya v Uzbekistane
Militsiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Metro yaqinida egasiz chemodan yotgani haqidagi xabar erkak kishidan kelib tushgan

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkentda kuni kecha bomba borligi xavfi bilan "Chilonzor" metrosi atrofi o‘rab olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati xabar qildi.

2 yanvar kuni taxminan 13.15 larda 102 raqamiga erkak kishi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va u Chilonzor metrosiga kiraverishga yaqin hududda egasiz chemodan yotganini aytgan.

Hodisa joyiga Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtiruvchi boshqarma xodimlari, shuningdek, tezkor xizmatlar guruhi xodimlari yetib borishgan.

Tekshiruv vaqtida chemodanda eski matras borligi aniqlangan.

Bomba borligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shu munosabat bilan IIBB turli egasiz narsalar haqida 102 telefon raqami bo‘yicha xabar qilishlarini so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0