TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalar sotuv narxini ma’lum qildi.
3 yanvar holatiga 1 dona oltin tanga narxi 13 million so‘m deb e’lon qilindi. Ya’ni bu o‘tgan yil dekabr oyi oxirida belgilangan narxdan 100 ming so‘m arzondir.
26 dekabr holatiga 1 dona kumush tanga narxi 244 ming so‘m etib belgilangan bo‘lsa, endi 227 ming so‘m miqdorida sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 30-noyabr kuni 1900 ta oltin va 6900 ta kumush esdalik tangalarini savdoga chiqargan edi.