O‘zbekistonda 1-yanvardan qator ta’qiqlar kuchga kirdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishProdavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket
Prodavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududida endilikda plonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tan narxidan past narxlarda sotish mumkin emas

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Endilikda polimer plonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tan narxidan past narxlarda sotish, qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plonkali paketlarni ishlab chiqarish, polimer plonkali paketlarni olib kirish ta’qiqlanadi.

Aksiya zelenix protiv ispolzovaniya plastikovix paketov - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya yangi yildan plastik paketlardan voz kechadi

Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorlar qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullana olmaydi. Ushbu mahsulotlarni sotish uchun albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim.

Alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash, avtotransport vositalarini yuvish kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun ham albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim bo‘ladi.

Adliya vazirligi mazkur o‘zgartirishlarga sabab bo‘lgan eng muhim jihat tadbirkorlar tomonidan soliqdan qochish uchun turli qonun buzilishi holatlariga yo‘l quyilganligi ekanligini eslatib o‘tgan.

"Xususan, avtotransport vositalarini yuvish faoliyatini tashkil etgan tadbirkorlar qo‘lida amalda o‘nlab shaxslar ishlaydi. Lekin ushbu tadbirkor YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgani sababli, ular aslida to‘lashi kerak bo‘lgan soliqning yarmini ham to‘lamaydilar.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yakka turdagi tadbirkor 3 kishigacha shaxsni yollashi mumkin.

Ya’ni, mohiyatan ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlari bilan YaTT shug‘ullana olmaydi. Masalan, ma’lumotlarga ko‘ra, alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi sexda o‘rtacha 5‒15 kishi faoliyat yuritadi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0