TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr jamoasi oʻz kontsert dasturlarini 3 yanvarga qadar taqdim etadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Bu yilgi bayram tantanalari avvalgilardan tubdan farq qilmoqda. Respublikaning barcha hududlarini bayram shukuhi qamrab olgan. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy orkestrlarning chiqishlari esa barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.
Xususan, kuni kecha harbiy sanʼatkorlar soat 15:00 da Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan boshlab, oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari bilan shahar aholisi va mehmonlariga aʼlo kayfiyat ulashdi.
Shundan soʻng shahar boʻylab, "syurpriz"lar "Oybek" metrosidan "Paxtakor"gacha, Xalqlar doʻstligi saroyidan Mingoʻrikkacha davom etdi. Mazkur ijodiy sayohat aholi uchun qulay paytda uyushtirilgani ayni muddao boʻlmoqda.
Badiiy dastur davomida kuy-qoʻshiqlarni mohirlik bilan ijroetgan sanʼatkorlarning qorbobo kiyimidagi chiqishlari davralarga oʻzgacha fayz kirityapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, barchaga kirib kelgan yil omadli boʻlishini tilab qoladi