TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonlik Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, Norov ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va Favqulodda va Muxtor Elchi martabasiga ega.
2006-2010 gyillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.
SHHT - 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Ostonada 9 iyun kuni oʻtkazilgan SHHT sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish qarorini imzolagan edilar.
Ayni vaqtda Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston tashkilotda kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-mamlakatlar sanaladi.