TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. UFC prezidenti Deyn Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida takroriy jang bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Jang 2019-yilda o‘tkazilishi mumkinligi aytilgan.
"Meni fikrimcha, revansh jang 2019-yilda bo‘ladi. Yigitlar g‘alaba qozonishni istashlari aniq. Hozircha hammasi yaxshi ketapti, shu bois bu olishuv albatta bo‘lib o‘tishi lozim", - degan Uayt.
Xabib Nurmagomedovni Dog‘istonda qanday kutib olishdi >>>
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.
Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lanilgan edi.