Siyosat

Britaniya matbuoti Putinning Yangi yildagi murojaatini "qoʻrs" deya baholadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishNovogodneye obraщeniye prezidenta RF V. Putina
Novogodneye obraщeniye prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Rossiyaning yordamchilari hech qachon boʻlmagan va bundan keyin ham boʻlmaydi, shu bois, rossiyaliklar iqtisod, ijtimoiy va ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni yechishda birdam va kuchli jamoa boʻlish talab etiladi", - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzining yangi yildagi murojaatida.

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Britaniyaning Daily Star tabloidi "Putin yangi yildagi millionlab rossiyaliklarga yoʻllagan qoʻrs murojaatida Gʻarbni rad etmoqda" sarlavhasi ostida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Prezidentы Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Birinchilarning Yangi yil murojaati: Markaziy Osiyo yetakchilari nimalarga eʼtibor qaratishdi?

Rossiya yetakchisi oʻz tabrik murojaatida maʼnaviy saxiylik, mehr va yaqinlarga yordam berishning ahamiyati haqida gapirgan edi. Shu bois, davlat rahbari "Rossiyaning yordamchilari boʻlmagan va boʻlmaydi", deya mamlakat aholisi birlashishga chaqirgan edi. Maqola muallifi buni "qoʻpollik" deya baholadi.

"2018 yilda Rossiyaning Gʻarb bilan munosabatlari, ayniqsa, Solsberidagi Sergey va Yuliya Skripallarga uyushtirilgan suiqasddan soʻng, oʻtkir tus olishi munosabati bilan qoʻpol daʼvat jarang topdi", - deb yozgan nashr.

Maqolada Putinning rossiyaliklarga murojaati sanktsiyalar tufayli ekani, shunday boʻlsa-da, prezident oʻz nutqida iqtisodiy cheklovlar haqida esga olmagani aytilgan.

Britaniya OAVlari Rossiyani oʻtaketgan yovuz obrazda tasvirlaydigan maqolalarni ilgarilari ham koʻplab marotaba chop etgan. Xususan, oʻtgan yil dekabr oyida Daily Express eʼlon qilgan maqolada Ukraina kemalari bilan bogʻliq hodisadan soʻng Azov dengizidagi holatga "Moskva va Kiyev oʻrtasidagi Uchinchi jahon urushi" deb nom berilgan. Maqolada Ukraina HDK kemalari qoʻlga olingani haqida gapirilgan, ammo muallif yuz bergan hodisaning asl sababi - Rossiya chegarasi buzilishi ekanligini aytmagan. Bundan tashqari, maqolada hibsga olingan dengizchilar haqida haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar koʻrsatib oʻtilgan.

Yangiliklar lentasi
0