Vaqt hali juda erta boʻlishiga qaramasdan, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport gavjum va shovqin edi: Futbol uyushmasi vakillari, sport sohasidagi mansabdorlar, fan-klub aʼzolari va hatto oddiy muxlislargacha oʻzining sevimli jamoasini muhim va terma murabbiyi uchun debyut boʻlgan turnir - Osiyo Kubogiga kuzatishga toʻplangan edilar.

Futbolchilar toʻla avtobusni bir gala muxlislar va musiqachilar kutib olib, aeroport oldida haqiqiy musiqiy shou uyushtirdilar.
Bu voqealarga guvoh boʻlgan argentinalik Ektor Kuperning yuzida oddiy jarayon - termaning turnirga uchib ketishi tufayli bunday shov-shuvni kutmagani shundoq sezilib turardi.
Muxlislar "Oʻzbekiston" deb baqirib, milliy bayroqlar va kartondan yasalgan kuboklarni silkitishar ekan, oʻyinchilar oʻz diqqatlarini jamlab olishgan va deyarli barchasi jiddiy edi - hammasi uzoq parvoz, mashaqqatli mashgʻulotlar va hal qiluvchi uchrashuvlarga tayyorlanardilar.
Qoʻliga guldasta uzatilgan murabbiy Kuperning ham xayoli olislarda edi - ehtimol, guruh bosqichida yaponlarga qarshi oʻyin taktikalari haqida oʻylayotgandir.

Birlashgan Arabi Amirliklarida futbol oʻyinlari 5 yanvar sansidan 1 fevralga qadar boʻlib oʻtadi. Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston termasi esa 9 yanvar kuni maydonga tushadi. "Oq boʻrilar" birinchi oʻyinni Oʻmon termasiga qarshi oʻtkazadilar. Bundan tashqari F guruhida oʻzbekistonliklarning raqiblari Yaponiya va Turkmaniston futbolchilari boʻlishlari kutilmoqda.
Oʻzbekiston milliy termasini BAAga qanday kuztishgani va oʻyinchilar qanday kayfiyatda futbol turniriga uchib ketishganini Sputnik Oʻzbekiston muxbiri videosyujetida tomosha qiling.