TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Magnitogorskda yuz bergan gaz portlashi oqibatida oʻzbekistonlik jabrlandi. Fuqaro operatsiya qilingan, ayni vaqtda u jonlantirish boʻlimida yotibdi.
Bu haqda RIA Novosti Sogʻliqni saqlash vaziri Veronika Skvortsovaga tayangan holda xabar bermoqda.
Vazir soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi yetti soat davomida bino uyumlari ostida yotgan, va ayni vaqtda uning ahvoli oʻta ogʻir deya baholanmoqda.
"Besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, ular orasida 13 yashar bola ham bor... Toʻrt nafari katta yoshdagi odamlar, eng ogʻir ahvoldagisi - Oʻzbekiston fuqarosi, 36 yoshli erkak 7 soat davomida bino uyumlari ostida yotgan", - deb aytgan Skvortsova.
Vazirning soʻzlariga koʻra erkakning qovurgʻalarida koʻpsonli sinish, qorajigar yorilishi qayd etilgan. Hozirda u operatsiya qilingan va jonlantirish boʻlimida yotibdi, unga medikamentoz yordam koʻrsatilmoqda.
Boshqa fuqarolarning ahqoli oʻrtacha ogʻirlikda, deb maʼlum qilgan Sogʻliqni saqlash vaziri.
Eslatib oʻtamiz, Magnitogorskda 31 dekabr kuni ertalab gaz portlashi oqibatida koʻpqavatli uyning podʼyezdi oʻpirilib tushgan. Qulash joyida 120 kishi istiqomat qilgan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari boshlangan vaqtdan buyon, bugun, Moskva vaqti bilan 07.00 holatiga koʻra, uyumlar ostidan 12 kishi chiqarib olingan, ulardan 7tasi halok boʻlgan, 5 nafari qutqarilgan. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga olib borilgan. Yana 37 insonni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.