TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Xitoyda yer qimirlashidan xabardor etuvchi dunyodagi eng ulkan tizim yaratilmoqda, deb xabar berdi jahon OAVlari.
Xabarga koʻra, xitoylik muhandis va olimlar 2022 yilga kelib zilzila haqida oldindan xabardor etuvchi dunyodagi eng yirik va oʻta zamonaviy tizim ustida ishlarni yakunlashni rejalashtirishgan.
Bu yangi qurilma "boshqa mamlakatlarda hasad uygʻotishi" kutilmoqda, deb xabar qiladi CGTN telekanali.
Loyiha ishtirokchilari soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda mutaxassislar butun mamlakat hududi boʻylab keyinchalik bir tarmoqqa jamlanadigan 15 ming dona datchiklarni oʻrnatish bilan shugʻullanmoqda.
Kutilishicha, yer osti silkinishi yuz berishi bilan datchiklar shu soniyaning oʻzida elektrik impulslarni boshqaruv markaziga yoʻllaydi va shundan soʻng potentsial xavf zonasida yashovchi insonlar smartfonlariga xatar toʻgʻrisida ogohlantirishlar keladi.