Koltashov: dollarga bosim mintaqaviy xarakterga ega

© Foto : facebook.com / iz arxiva Vasiliya KoltashovaRukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov
Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq, yevropa komissiyasi energiya resurslariga bo‘lgan hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga chaqirgan edi

Rossiyaning taniqli iqtisodchisi, Globalizatsiya va ijtimoiy harakatlar instituti iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov Yevrokomissiyaning hisob-kitobdan dollarni chiqarib tashlash taklifiga izoh berdi.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodga dollar ta’sirini kamaytirmoqda

Ilgariroq, yevropa komissiyasi energiya resurslariga bo‘lgan hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga chaqirgan edi.

Yevrokomissiya relizida bu kabi bitimlarda yevrodan foydalanish bo‘yicha ochiq da’vat bayon etilgan.

Sputnik Belarusga bergan intervyusida Koltashov AQSh dollari hozircha eng ishonchli omonat turi ekanligini qayd etdi.

"Bugun dollarga bosim Yevroosiyo, mintaqaviy xarakterga ega. Va bu bosim ataydan tashkil qilingan emas, balki tasodifiydir. Nafaqat Yevropa, balki Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron va hatto Pokiston ham dollarni savdo aylanmasidan chiqarib tashlashdan manfaatdor. Eng ishonchli valyuta bo‘lgan dollar savdodan ketsa, o‘z pozitsiyalarini albatta qattiq boy beradi, shu bilan birga istiqbolda bu "neftedollar" tushunchasi yevropada kundalik hayotdan yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi", - degan Koltashov.

 

Yangiliklar lentasi
0