TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Xonanda Aziza Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, oxirgi vaqtlarda Rossiyada, ayniqsa Moskva ko‘chalarida ko‘plab o‘zbekistonliklarni uchratayotganidan mamnunligini aytib berdi.
“Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman, birinchi o‘rinda o‘z yurtdoshlarimni. Hozir ularning ko‘pi Rossiyada yashamoqda. Ko‘chada sharqona yuzlarni ko‘rganimda ular bilan o‘zbekcha salomlashib, o‘zimni Toshkentda yurgandek his qilaman” – dedi Aziza Sputnik muxbiriga.
Biroz oldin Aziza Sputnik efirida o‘z yubileyini Toshkentda kutib olishni rejalashtirayotganini hamda O‘zbekiston poytaxtida "Vse ili nichego" nomli katta konserti bilan chiqishini ham xabar qilgan edi.
Aziza pozdravila Uzbekistan s Novim godom