TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 1-yanvardan boshlab xorijiy valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan dollar rasmiy kursi 3,3 so‘mga arzon bo‘lib - 8336, 25 so‘mni, Yevro esa 53,77 so‘mga oshib - 9533,34 so‘mni tashkil qiladi.
Rossiya rubli kursi esa bu hafta biroz pasayib - 119,85 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistdan rasmiy valyuta kurslari Markaziy bank tomonidan, har haftaning dushanba kuni talab va taklif hamda valyuta – siyosatiga muvofiq belgilanadi. Valyuta sotib olish va sotish bilan bevosita tijorat banklari shug‘ullanadi va ular Markaziy bank kursi asosida o‘z kurslarini belgilaydi.