TOShKENT, 30 dek - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin xorijiy davlatlar prezidentlari va hukumat rahbarlarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlarini kirib kelayotgan 2019-yil bilan tabrikladi, deb xabar qildi Kreml matbuot-xizmati.
Putin o‘z tabrik telegrammasini Markaziy Osiyo rahbarlariga ham yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yuborilgan tabrik telegrammasida Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari juda muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.
"Toshkentdagi muzokaralar ikki davlatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va harbiy-texnik sohasidagi, qishloq xo‘jaligi va tinch atom sohasidagi hamkorligi kengayishiga xizmat qildi", - deb qayd etgan Rossiya prezidenti.
Rossiya davlati yetakchisi, birgalikdagi sayi-harakatlar bilan Rossiya va O‘zbekiston barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli aloqalarni oshirishga, va bu ikkala davlat manfaatlariga to‘liq javob berib, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.