TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, “Umra” safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.
Ilgarigi tartibga ko‘ra, “Umra” safariga borishi mumkin bo‘lgan ziyoratchilar kvotasi har yili o‘n ming kishi etib belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil iyul oyida yotti mingdan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchilar katta haj amalini ado etganligi haqida xabar bergandik.