TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma’lum qildi.
Mirziyoyev O‘zbekiston kelajagiga yo‘naltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratdi. Mamlakatning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
"Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi prezident.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etiladi.