Toshkentda “O‘zelektroapparat” binosi yonib ketdi

© Foto: GUVD TashentaV Tashkente vigorelo zdanie "Uzelektroapparata"
V Tashkente vigorelo zdanie Uzelektroapparata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in poytaxt IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan o‘chirilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 28-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida joylashgan “O‘zelektroapparat-Elektroshit” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining 70 kvadrat metr tashqi qoplamasi yonib ketgan.

Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar yong‘in sababini aniqlashmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyi yaqinida barpo etilayotgan avtoturargoh hududidagi ombor uchun ajratilgan binoda yong‘in ro‘y bergani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0