O‘zbekiston bolalari prezidentdan qanday sovg‘a olishadi?

© Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniyaPodarki ot prezidenta shkolnikam vezut v regioni
Podarki ot prezidenta shkolnikam vezut v regioni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazilmoqda

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "Prezident archasi" bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Novogodnyaya programma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi yil oqshomida sirk va lazerli shou namoyishi kutilmoqda

Ta’kidlanishicha, Xalq ta’limi vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Prezident archasi" tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha muayan ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, bugungi kunga kelib, bolalar uchun O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdim etiladigan 11 nomdagi o‘quv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan qariyb 11 ming dona sovg‘a tayyorlangan.

Prezident sovg‘alari joriy yilning 26-dekabr kuni Toshkent (981 dona), Sirdaryo (304 dona), Jizzax (344 dona) viloyatlariga, jami 1629 donasi avtotransportda, 25-27 dekabr kunlari esa 6468 donasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyotlari orqali jadval asosida Qoraqalpog‘iston va 9 ta viloyatlarga yetkaziladi.

Prezident sovg‘alari 29-dekabr kuni o‘tkaziladigan Prezident archasi" tadbirlarida bolajonlarga mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0