Toshkent shahrining qator tumanlariga hokimlar tayinlandi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanida hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan rahbarlar hokim lavozimiga tasdiqlandi

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Toshkent shahrining qator tumanlariga hokimlar tayinlandi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot-xizmati.

"Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi", - deyiladi xabarda.

Shu kunga qadar Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ergashev Shavkatbek Turdiyevich, Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Po‘latov Shuhrat Abdujabborovichlar hokim etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev hokim lavozimiga tasdiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0