O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi sensatsion tarzda jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

© NOK UzbekistanaShestnadsatiletniy shaxmatist Uzbekistana pobedil deystvuyushego chempiona mira Magnusa Karlsena
Shestnadsatiletniy shaxmatist Uzbekistana pobedil deystvuyushego chempiona mira Magnusa Karlsena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shaxmatchilari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida qatnashayotgan 16 yoshli Shamsiddin Vohidov rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Shamsiddin Vohidov raqibining qo‘pol xatosidan oqilona foydalangan. Raqibi 36 yurishda taslim bo‘lishga majbur bo‘lgan.

Bahslarda boshqa shaxmatchilar Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Stanislav Novikov bilan o‘yinda durangga erishgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov ispaniyalik Lopes Ivan Salgadoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu o‘zbekistonlik shaxmatchilar 24-noyabr – 2-dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘lgandilar va shu munosabat bilan prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobillari bilan taqdirlangandilar.

Yangiliklar lentasi
0